Jonli Vebinar — Bepul

Kanadaga Ko'chishning Yangi Imkoniyatlari

Kanadalik immigratsiya advokati Rakhmad Sobirov o'zbek tilida olib boradi

2026-yildan boshlab Express Entry dasturiga yangi kasblar va kategoriyalar qo'shildi. Siz ulardan birida ishlasangiz sizda imkon bor!

RO'YXATDAN O'TISH

Nimani Muhokama Qilamiz?

Vebinar Dasturi

Express Entry nima va u qanday ishlaydi?

Kanada doimiy yashash uchun ko'chib kelishning asosiy yo'li bo'lgan Express Entry dasturini tushuntiramiz. Bu dasturni siz nega bilishingiz kerak? 

Kategoriyaga asoslangan tanlovlar — yangi imkoniyat

2023-yildan joriy etilgan kategoriyaviy tanlovlar nimani anglatadi, ular oddiy tanlovlardan nima bilan farq qiladi va nima uchun 2026 yilda imkoningiz oshdi? 

2026-yilgi yangi kategoriyalar tahlili

Fevral 2026-yilda e'lon qilingan yangi kategoriyalar: tibbiyot ishchilari, tadqiqotchilar, hunarmanchilik, transport va ta'lim sohasidagilar uchun yo'llar batafsil ko'rib chiqiladi.

Qaysi kasb egalari murojaat qila oladi?

Sog'liqni saqlash, IT va muhandislik, ta'lim, qurilish va hunarmandchilik, transport — barcha mavjud kategoriyalar va ular uchun kerakli talablar.

CRS balli past bo'lsa ham imkoniyat bormi?

Kategoriyaviy tanlovlarda o'tish ball chegarasi odatda past bo'ladi. Yoshi ulug'roq yoki bali past bo'lgan nomzodlar uchun bu qanday real imkoniyat beradi?

Hozir nima qilish kerak — amaliy qadamlar

Til sinovlari, ta'lim hujjatlarini baholash, Express Entry profili yaratish va ariza topshirishga tayyorlanish bo'yicha aniq va amaliy ko'rsatmalar.

Qaysi Kasb Egalari Mos Keladi?

Kanada hukumati mehnat bozori talablariga asoslanib muayyan kasb sohalari uchun maxsus tanlovlar o'tkazishni jadal olib bormoqda.

Diqqat: Har bir kategoriya uchun talablar bir-biridan farq qiladi. Vebinarda bularning barchasini batafsil ko'rib chiqamiz va jonli savol-javob sessiyasi o'tkazamiz.

Barcha kategoriyalarga tegishli talablar:

Kategoriyaga asoslangan tanlov orqali taklif olish uchun siz:

  • Express Entry tizimidagi 3 ta dasturdan biriga mos kelishingiz
  • Tegishli sohada kamida 12 oylik to'liq stavkadagi ish tajribangiz
  • So'nggi 3 yil ichida ushbu tajribaga ega bo'lganingiz
  • Til sinovidan o'tganingiz (ingliz yoki fransuz)

Imkoniyatni Qo'ldan Bermang!

Kanada immigratsiyasi tez o'zgarib turadi. Bu yangi kategoriyalar qachon to'lishini hech kim bilmaydi. Hozirdanoq bilim oling va harakatingizni boshlang.

Ushbu Vebinar Siz Uchunmi?

Quyidagilardan biriga mos kelsangiz, bu vebinar aynan siz uchun.

Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar

Shifokorlar, hamshiralar, psixologlar, farmatsevtlar, stomatologlar, fizioterapevtlar, ijtimoiy ishchilar va boshqa tibbiy mutaxassislar.

Fan, Texnologiya, Muhandislik va Matematika (STEM)

Fuqarolik, mexanik, elektr va elektronika muhandislari, kibertahlilchilar, arxitektura menejerlari va muhandislik texnologlari.

Hunarmandchilik va qurilish kasblari

Elektriklar, santexniklar, payvandchilar, duradgorlar, bino qurilish menejerlari, issiqlik va konditsioner ustalar va boshqa qurilish soha mutaxassislari.

Ta'lim soha mutaxassislari

O'rta va boshlang'ich maktab o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim tarbiyachilari va yordamchi o'qituvchilar.

Transport soha mutaxassislari

Aviatsiya va aerokosmik sohada ishlaydiganlar uchun yangi kategoriya. Kanada yoki xorij tajribasi asosida murojaat qilish mumkin.

Fransuz tili yuqori darajada biladiganlar

Fransuz tilini yuqori darajada biladigan nomzodlar uchun alohida tanlovlar — kasbidan qat'i nazar. Bu Kanada ikki tilli milliy siyosatiga asoslanadi.

Kanadalik Advokat Rakhmad Sobirov

"Biz bu vebinarni 'Bo'lajak Kanadaliklar' uchun o'zbek tilida tushuntirib berish maqsadida o'tkazmoqdamiz. Kanada immigratsiyasi murakkab — lekin to'g'ri yo'l-yo'riq va bilim bilan amalga oshirsa bo'ladi."

RO'YXATDAN O'TISH

Imkoniyatni Qo'ldan Bermang!

Kanada immigratsiyasi tez o'zgarib turadi. Bu yangi kategoriyalar qachon to'lishini hech kim bilmaydi. Hozirdanoq bilim oling va harakatingizni boshlang.

Close

50% Complete

Ismingiz va elektron pochtangizni kiriting — o'rningizni band qiling. Bu 100% BEPUL. Ma'lumotlar pochtangizga jo'natiladi.